13:34 / 27.10.2022
1 200

Deputatlar “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishdi

Deputatlar “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishdi
25 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qonun loyihasi bilan “manafaatlar to‘qnashuvi” tushunchasiga aniq ta’rif berilmoqda. Bu vaziyat kimlar o‘rtasida va qachon vujudga kelishi mumkinligi to‘g‘risida aniq ko‘rsatib o‘tilmoqda.

Davlat tashkiloti xodimlari, ularning yaqin qarindoshlari va ularga aloqador shaxslarning manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish sohasidagi huquq va majburiyatlari belgilanmoqda.

Shuningdek, davlat tashkilotida aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi vaziyatlarini hisobga olish reyestri yuritilishi, manfaatlar to‘qnashuviga oid talablarni buzganlik uchun huquqiy oqibatlar nazarda tutilmoqda.

Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi davlat tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aniqlash va tartibga solishning samarali mexanizmlarini joriy etish, uning huquqiy oqibatlarini aniq belgilashga xizmat qiladi.
Qizg‘in bahs-munozaralar, savol-javoblardan so‘ng, qonun loyihasi yuzasidan berilgan takliflar e’tiborga olindi va uni deputatlar qabul qilishdi. Endi qonunni Senat ko‘rib chiqishi kerak.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonovning ta’kidlashicha, agentlik o‘tkazgan o‘rganishlarda davlat xizmatida minglab manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganlik holatlari aniqlangan. Biroq hozirgacha manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishning huquqiy asosi yoki unga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik belgilanmaganligi sababli ularni bartaraf etishda qiyinchiliklar mavjud edi.

Ushbu qonunning qabul qilinishi davlat idoralarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning bartaraf etilishiga, eng asosiysi - davlat xizmatida tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilikning oldi olinishiga xizmat qiladi”, - deya yozdi u o‘zining Telegram kanalida.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat