
Ukrainalik bloger Dmitriy Gordon Leonid Nevzlin bilan suhbatida Eronning bomba-dronlari O‘zbekistonda yig‘ilayotgani haqida ma’lumot berdi.
Ushbu jiddiy ayblovga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, «Milliy tiklanish» DP MK raisi Alisher Qodirov o‘zining telegram kanali orqali munosabat bildirdi.
«Bu asossiz va mas’uliyatsiz e’lonni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak.
O‘zbekiston rus agressiyasini hech qanday shaklda qo‘llab-quvvatlamasligini, muzokaralar va hududiy yaxlitlikni qo‘llab-quvvatlaydigan betaraf pozitsiyasini fuqarolarimiz ham butun dunyo ham juda yaxshi tushunib bo‘ldi.
Tashqi ishlar va Mudofaa vazirliklari bu tuhmatni rasman rad etishi va Gordonni uzr so‘rashga majbur qilishi kerak», dedi u o‘z munosabatida.
Eslatib o‘tamiz, ushbu suhbat kecha, 26 oktabr kuni e’lon qilingan.
O‘zbekiston RespublikasiAlisher QodirovDmitriy Gordonbomba-dronlarjiddiy ayblovtelegram kanali O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar