
Byuroning Shahrisabz shahar bo‘limi ish yurituvida Shahrisabz tumanlararo sudining 13.07.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Kesh temirxan” oilaviy korxonasidan AIT Ipak Yuli banki foydasiga jami 73.720.052 so‘m kredit qarzi va 1.473.969 so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi 21.07.2022 yilda kelib tushgan ijro hujjati mavjud.
Ijro harakatlari jarayonida bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan kredit qarzdorligi ixtiyoriy ravishda to‘lab berilmaganligi sababli, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan garovdagi korxonaga tegishli Shahrisabz shaxar, Kushxona MFY, Chilonzor ko‘chasida joylashgan maishiy xizmat ko‘rsatish binosi xatlanib, elektron auksion savdolarida 143.750.000 so‘mga sotildi hamda kredit qarzdorligi va davlat boji to‘lik koplandi.
Shu sababli ijro ishi amalda tamomlandi.
Jasur Jumanazorov
MIB Shahrisabz shahar bo‘limi boshlig‘i
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring MIB Shahrisabz shahar bo‘limi boshlig‘i

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar