16:50 / 07.11.2022
1 702

Ikki amaldor oʻzbek mantisi va gruzin xinkalisini tayyorlashdi

Ikki amaldor oʻzbek mantisi va gruzin xinkalisini tayyorlashdi
BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvili va Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov birgalikda milliy taomlar tayyorlashdi.

Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvilining "Amirsoy"ga tashrifi davomida kulinar bellashuv oʻtkazildi.

Unda Pololikashvili va bosh vazir oʻrinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov qatnashdi. Zurab Pololikashvili gruzin, Aziz Abduhakimov esa oʻzbek milliy taomlarini tayyorlagan.

Aziz Abduhakimov oʻzbek milliy taomi manti, Zurab Pololikashvili esa gruzin taomi xinkali tayyorladi. Qadriyatlari yaqin ikki millatning taomlari ham bir-biriga oʻxshaydi”, - deya ma'lum qildi vazirlik matbuot xizmati.

Bellashuv yakunda doʻstlik gʻalaba qozongan. Umuman olganda, gruzin taomlari ham oʻzbek milliy taomlari bilan oʻxshash. Xinkali oʻzbek mantisini eslatuvchi taom boʻlib, manti bugʻda pishirilsa, xinkali suvda qaynatib pishiriladi.

Eslatib oʻtamiz, UNWTO bosh kotibi Samarqandda boʻlib oʻtgan II Oʻzbekiston iqtisodiy forumida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurgan edi. "Amirsoy" togʻ-changʻi kurortida Pololikashvili ishtirokida "Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish boʻyicha yangi tashabbuslar" mavzusida muhokama yigʻilishi oʻtkazildi. U shuningdek, "Yashil makon" tashabbusi doirasida daraxt oʻtqazish tadbirida qatnashdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat