
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i M.A. va Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi Chiroqchi uchastkasi boshlig‘i S.A. fuqaro B.E.ga tanishlari orqali Chiroqchi tumanidagi “Ch.Ch.” fermer xo‘jaligi dala maydonidan davlat dasturiga kiritilgan quduqni qazib ishga tushirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, evaziga 2 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Qashqadaryo ViloyatiQishloq Xo‘jalik BoshqarmasiPora BerishJinoyat KodeksiTezkor TadbirTergov Harakatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar