
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, poytaxtda to‘rtta avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 14 noyabr kuni soat 21:10 da Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi TATU universiteti qarshisida:
- haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan A.K. boshqaruvidagi Lada Vesta;
- haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan L.M. boshqaruvidagi Equinox;
- haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi Mercedes-Benz;
- yo‘l chetida to‘xtab turgan Nexia (haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan va Equinox avtomobili ag‘darilgan.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) November 15, 2022
Hodisa oqibatida Equinox haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar