17:40 / 15.11.2022
1 067

Qamchiq dovonida qor yog‘a boshladi

Qamchiq dovonida qor yog‘a boshladi
Foto: Telegram
Namangan gidrometeorologiya boshqarmasining xabar qilishicha, Qamchiq dovoninining ikki tunel oralig‘ida havo harorati 0 daraja sovuqni tashkil etib, qor yog‘moqda.

16 noyabr kunning ikkinchi yarmi va kechasi Qamchiq dovonida beqaror ob-havo bo‘lishi, kuchli qor yog‘ishi, tuman tushishi va kuchli shamol esishi kutilmoqda.

Avvalroq «O‘zgidromet» 16 noyabr, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot bergandi. Unga ko‘ra, Toshkentda 16 noyabr kuni qor yog‘ishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat