date
views 1 255

Toshkent viloyatida Nexia-2 mashinasi yonib ketdi

Toshkent viloyatida Nexia-2 mashinasi yonib ketdi
Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 16 noyabr kuni soat 09:15 larda M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Toshkent viloyati, Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi 818-kilometrida Kamaz yuk mashinasi va Nexia-2 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

1981 yilda tug‘ilgan haydovchi Z.G‘. Nexia-2 mashinasi bilan harakatlanayotib, o‘zidan oldinda harakatlangan va qayrilib olayotgan «Kamaz» yuk mashinasining g‘ildiragi bilan to‘qnashgan.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
To‘qnashuv oqibatida Nexia-2 mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan o‘chirilgan, ammo ungacha Nexia-2 mashinasining salon, motor qismlari va old g‘ildiragi yonib ketgan.

Hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida Nexia-2 mashinasi yonib ketdi