
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani IIBga 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro M.X. ariza bilan murojaat qilgan.
Qayd etilishicha, 2022 yil 15 oktabr kuni Telegram messenjerida «King» nomli noma’lum profil foydalanuvchisi u bilan muloqot o‘rnatib, o‘zining «PUBG» mobil o‘yinidagi akkauntini sotishini ma’lum qilib, uning bir million so‘mga yaqin pullarini bank kartasi orqali qo‘lga kiritgan.
So‘ngra va’da qilingan akkauntning login va parollarini bermasdan, telegramdagi yozishmalarini o‘chirib, g‘oyib bo‘lgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs arizachi bilan bir tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro M.A. (2002 y.t.) ekanligi aniqlangan.
M.A.ga nisbatan O‘zR JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Farg‘ona ViloyatiUchko‘prik TumaniPUBG O‘yiniTelegram MessenjeriJinoyat IshlariTezkor Qidiruv O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar