
Foto: Prokuratura departamenti.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar Z.E. va K.K. tumanning markaziy ko‘chasida joylashgan savdo markazida amalga oshirgan xaridi uchun «F.S» MCHJ sotuvchisi N.Q.ga 2 dona 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar