
Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, Do‘stlik bog‘i yaqinida yarim tunda daraxtlar kesilganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.
Shunga asosan Davlat ekologiya qo‘mitasi, Ekologik partiyasi faollari, Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi, Yakkasaroy tuman hokimligi, tuman prokuraturasi hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida «VINERA TOWER» MCHJ tomonidan qurilish qilish maqsadida hududdagi 2 tup qimmatbaho va 4 tup kam qimmatli bo‘lgan jami 6 tup daraxt tegishli ruxsatnomasiz, qonunchilikka zid ravishda boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazilganligi oqibatida daraxtlar nobud qilinganligi, shuningdek, qurilish uchun kotlovan qazilishi natijasida 4 tup daraxtning ildiziga shikast yetkazilganligi aniqlandi, deyiladi qo‘mita xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar