13:39 / 24.11.2022
1 000

Surxondaryoda 100 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi raisi ushlandi

Surxondaryoda 100 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi raisi ushlandi
Foto: O‘zA
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida fermer xo‘jaligi raisi o‘zi rahbarlik qilayotgan fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan yerni sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Qoraxon Xalifa Denov» fermer xo‘jaligi raisi M.X. o‘zi rahbarlik qilayotgan fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 1 gektar yer maydonini fuqaro I.Q.ga 100 ming dollarga sotishga kelishgan.

23 noyabr kuni kelishilgan puldan 20 ming dollarni olayotgan vaqtda DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura departamenti Denov tuman bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat