
Gulistonlik 38 yashar erkak IIBga ariza bilan murojaat qilib, plastik kartasidan 3,8 mln so‘m yechib olingani xususida shikoyat qiladi.
“Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni o‘zlashtirgan shaxs fuqaro B.S.ning o‘g‘li 6 sinf o‘quvchisi, 2008 yilda tug‘ilgan A.F. ekanligi aniqlangan”, deyiladi IIV Kiberxavfsizlik markazi xabarida.
Ta’kidlanishicha, surishtiruv ishlari davomida 14 yashar bola “PUBG” onlayn o‘yiniga mukkasidan ketgani, otasining plastigini o‘zining akkauntidagi hisobiga ulab, pullarni o‘yinga tikib yuborgani ma’lum bo‘lgan.
“Hozirda to‘plangan hujjatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Hurmatli fuqarolar farzandlaringiz tarbiyasiga befarq bo‘lmang, ularning mobil telefonlari va gadjetlarini ko‘zdan kechirib boring”, deyiladi rasmiy munosabatda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar