16:04 / 04.12.2022
1 635

Toshkentda Lacetti Nexia-3 bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yubordi

Toshkentda Lacetti Nexia-3 bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yubordi
Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati
Toshkentning Uchtepa tumanida besh kishining tan jarohat olishi va ikki kishining o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati
Ma’lum qilinishicha, 4 dekabr kuni taxminan soat 06:15 larda Uchtepa tumani Farhod ko‘chasi 2-uy ro‘parasida 1996 yilda tug‘ilgan R.I. Lacetti'ni boshqarib ketayotganida 1982 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi Nexia-3 bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yuborgan. So‘ng yo‘l chetida harakatsiz turgan 1995 yilda tug‘ilgan M.V. boshqaruvidagi Matiz'ga borib urilgan.

Oqibatda Lacetti haydovchisi hamda to‘rt nafar piyoda (1974-y.t. N.S., 1986 yilda tug‘ilgan M.U., 1987 yilda tug‘ilgan Yu.Sh., 1994 yilda tug‘ilgan E.M.) turli darajadagi tan jarohatlari bilan RSHTYOIMga yotqizilgan. Ikki nafar piyoda (1960 yilda tug‘ilgan Q.X., 1982 yilda tug‘ilgan G.F.) olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasiga Lacetti haydovchisi tezlikni me’yoridan oshirib, rul boshqaruvini yo‘qotgani sabab bo‘lgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat