12:56 / 06.12.2022
1 190

Buxoroda “prava” olib berishni va’da qilgan avtomaktab xodimlari ushlandi

Buxoroda “prava” olib berishni va’da qilgan avtomaktab xodimlari ushlandi
Buxoroda fuqaroga haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan 2 nafar avtomaktab xodimi jinoyat ustida qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departament hamda IIVning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “B.R.” avtomaktab o‘qituvchisi B.H. hamda “Vatanparvar” tashkilotining Vobkent tuman bo‘limi o‘qituvchi-mexanigi J.S. fuqaro A.A.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishlari evaziga 300 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda “prava” olib berishni va’da qilgan avtomaktab xodimlari ushlandi