19:55 / 15.12.2022
1 284

Bosh prokuratura va hokimlar benzin narxi sun’iy oshib ketmasligi uchun javobgar etib tayinlandi

Bosh prokuratura va hokimlar benzin narxi sun’iy oshib ketmasligi uchun javobgar etib tayinlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident rahbarligidagi videoselektorda viloyat hokimlariga 10 kun muddatda obyektlarga birma-bir borib ko‘rib, sharoit va aholiga xizmat sifatini yaxshilash, energiya sarfi va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha taklif berish topshirildi.

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, bugundan boshlab hokimlar, sektor rahbarlari hamma kuchini safarbar qilib, sharoit og‘ir mahallalarda odamlarni rozi qilish bilan shug‘ullanishi kerakligi ta’kidlandi.

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Milliy gvardiya, Energetika vazirligiga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘riliklar bo‘yicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.

«Umuman, energiya resurslari ta’minotidagi bugungi vaziyat tarmoq va hudud rahbarlari uchun katta saboq bo‘lishi lozim.
Energiya ta’minoti «qo‘l boshqaruvi» orqali emas, tizim asosida ishlashi kerak
», - dedi davlat rahbari.

Ikki oy muddatda energiya ta’minoti tizimini o‘zgartirish, yangi talablarga moslashtirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish vazifasi qo‘yildi.

Ai-80 markali benzin narxini tushirish uchun 1 martgacha joriy etilgan aksiz solig‘idan ozod qilish imtiyozi joylarda «o‘yinga aylanib ketmasligi» kerakligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.

Bosh prokuratura va Monopoliya qo‘mitasiga viloyat hokimlari bilan birga:
  • birja savdolarida va yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin narxining sun’iy oshib ketishining oldini olish choralarini doimiy ko‘rib borish;
  • suyultirilgan gaz va ko‘mirni aholiga o‘z vaqtida yetkazib berish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura va hokimlar benzin narxi sun’iy oshib ketmasligi uchun javobgar etib tayinlandi