
Joriy yil boshidan buyon ikkilamchi bozorda uy-joylarning tez o‘sishi kuzatilmoqda. Xususan, respublikada 1 kv.m uchun uy-joy narxi 15,8 foizga oshdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining ko‘chmas mulk bozori tahliliga oid sharhida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, noyabr oyida ikkilamchi bozorda uy-joylarning o‘rtacha narxi 3,9 foizga oshdi (iyul oyida – 2,5 foiz, avgust oyida – 0,5 foiz, sentyabr oyida – 1,1 foiz, oktabr oyida – 2,3 foiz).
Ikkilamchi uy-joy narxlarining eng sezilarli o‘sishi Toshkent (22,9 foiz), Navoiy (22 foiz) viloyatlar va Toshkent shahrida (22,7 foiz) kuzatildi.
Poytaxtda ikkilamchi uy-joy bozoridagi narx bir oy ichida 2,4 foizga qimmatlashdi (iyul oyida – 2,4 foiz, avgust oyida – 1,4 foiz, sentyabr oyida – 1,7 foiz, oktabr oyida – 4,6 foiz).
Narxlarning eng yuqori o‘sishi poytaxtning Bektemir – 12 foiz, Mirobod – 5 foiz va Yunusobod – 4 foiz tumanlarida qayd etildi.
Ikkilamchi BozorUy-Joy NarxiToshkent ShahriIqtisodiy TadqiqotlarKo‘chmas MulkNarx O‘sishi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar