
Buxoro viloyatining Jondor tumanida fuqaroga 2-guruh nogironlik nafaqasini chiqarib berish uchun pul talab qilgan kichik tibbiy xodim qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 24-sonli Jondor tumanlararo Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasi kichik tibbiy xodimi D.F. shofirkonlik bir fuqaroni aldash va ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zining vakolatli mansabdor tanishlari orqali 2-guruh nogironlik nafaqasiga chiqarib berishni va’da beradi. Buning evaziga 1 million 200 ming so‘m pullarni talab qilgan.
Viloyat huquq-tartibot organlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida D.F. Buxoro shahar Alpomish ko‘chasida joylashgan 24-sonli Jondor tumanlararo TIYEK binosi oldida kimyoviy ishlov berilgan 1 million 200 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoro ViloyatiJondor TumaniNogironlik NafaqasiTibbiy XodimHuquq-TartibotJinoyat Kodeksi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar