15:19 / 19.12.2022
2 002

Buxoroda fermerni urgan sobiq hokim qamaldi

Buxoroda fermerni urgan sobiq hokim qamaldi
O‘shanda zo‘ravon hokim va fermer yarashtirib qo‘yilgandi.

Buxoro viloyati huquq-tartibot organi vakilining so‘ziga ko‘ra, Olot tumanida salkam 10 yil rahbarlik qilgan sobiq hokim qamaldi. Sobiq hokim Sh.S. 2018 yilda fermerni urib, ijtimoiy tarmoqlarda «mashhur»likka erishgandi.

Sh.S. 2020 yilda Olot tumani hokimligidan bo‘shatilib, Qorako‘l tumani hokimi etib tayinlangan. 2021 yil 23 dekabr kuni esa ushbu lavozimdan ham olingan va uning o‘rniga Xurshid Tohirov Qorako‘l tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.

«Fermerni urgan hokim» nomi bilan mashhur Sh.S. hokimlikdan bo‘shatilgach, bugunga qadar viloyat Fermerlar uyushmasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

«Xabar.uz»ga bildirilishicha, Olot va Qorako‘l tumanlarini boshqargan sobiq hokimning faoliyat olib borgan davrlari o‘rganilgan. Davlat mablag‘larining o‘rinli sarflanishini o‘rganish davomida yo‘l qo‘ygan qaltis hatti-harakatlari oshkor bo‘lgan. Sh.S. joriy yilning 17 dekabr kuni viloyat prokuraturasiga chaqirilgan. Va jinoyat ishi doirasida ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Buxoroda «Kamroq gapiring, menga balandparvoz gaplar yoqmaydi...» deya prezident ogohlantirgan Kogon tumanining sobiq hokimi J.Y. ham qamalgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda fermerni urgan sobiq hokim qamaldi