1 094
Shavkat Mirziyoyev: Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi ishlar yangi bosqichga olib chiqiladi

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi bo‘lib o‘tyapti. Tadbirda dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda ochiq va pragmatik, o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan tashqi siyosat izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
Bundan keyin ham asosiy e’tibor Markaziy Osiyodagi barcha qo‘shni mamlakatlar va dunyodagi strategik sheriklar bo‘lgan davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga qaratilishi aytildi.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirish borasidagi ishlar yangi bosqichga olib chiqiladi.
"Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz", - dedi prezident.
Qadimiy va betakror tarixni, ayniqsa, g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-ma’rifat, inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadid bobolar faoliyatini yanada chuqur o‘rganish lozimligi qayd etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar