
Foto: Yo‘l harakati xavfsizlik xizmati
26 dekabr kuni soat 02:20 larda Shayxontohur tumani Sebzor ko‘chasida 1963 yilda tug‘ilgan haydovchi N.A. «Ford» rusumli tez tibbiy yordam avtomobilida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan.
So‘ngra yo‘l chetida to‘xtab turgan «Tracker» rusumli transport vositasiga to‘qnashgan va «Ford» avtomobili ag‘darilgan.
YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Mazkur YTH yuzasidan YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar