
Foto: Dunyo
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Polsha elchisi Radoslav Gruk bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning amaliy jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish, jumladan, iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisini o‘tkazish bo‘yicha amaliy takliflar muhokama qilindi.
Mehnat migratsiyasi sohasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorlik bildirildi.
Madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha ham so‘z yuritildi.
O‘zbekistonPolshaHamkorlikMehnat MigratsiyasiIqtisodiy AloqalarMadaniy Hamkorlik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar