
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident yangi o‘quv darsliklari taqdimotida qiz farzandlar va ayollarni o‘qitish kerakligi masalasiga to‘xtalgan.
«Bolalarni kim tarbiya qiladi? Albatta, ayollar. Shuning uchun biz qizlarimizni, onalarimizni o‘qitishimiz kerak. Shunda jamiyatni o‘qitgan bo‘lamiz», — degan Mirziyoyev.
Shuningdek, prezident tadbir davomida yangicha darsliklarga o‘tish haqida ham gapirib o‘tgan.
«Kelgusi yili ta’limga oid ham ko‘plab qaror, farmonlar chiqadi. Shuningdek, maktab o‘qituvchilari uchun ipoteka kreditlarini kamaytirsak bu ham yaxshi bo‘ladi. Bugun men ko‘p savollarga javob oldim.
Albatta, 20-30-40 yil davomida eskicha dars bergan o‘qituvchiga yangi darsliklarga o‘tish biroz og‘ir. Lekin bugun bu narsani qilmasak, ertaga o‘zimiz kutgan natijani ololmaymiz», – degan u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar