Samarqandlik “Orasta qizlar” ibrati

Samarqand shahar 55-umumt’alim maktabida “Orasta qizlar” to‘garagi tomonidan “Yoshlar, ommaviy madaniyat va Internet” mavzusida adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirda asosan O‘zbekiston yoshlarini bugungi globalashuv davrida necha asirlardan beri meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlarimizni yo‘qolib, ommaviy madaniyat tasiridan asrash mavzusi ko‘tarilgan.
“Orasta qizlar” faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak qizlarning hayotga tayorlash, ular o‘rtasida vatanga bo‘lgan muhabbatni shakillantirish, qizlarni erta turmushga bermaslik, ularga eng avvalo hunar o‘rgatish, zamonaviy bilimlar berish, ularni Internetdan to‘g’ri foydalanishga o‘rgatish, yurtboshimiz aytganlaridik komil inson qilib tarbiyalashdan iborat.

Kechani maktab direktori Munira Ubaydullaeva kirish so‘zi bilan ochib Internetni foydali tomoni bilan salbiy tomolarini takidlab, “Orasda qizlar” to‘garagi (rahbar – J. T. Bakaeva) qatnashchilari esa undan to‘g’ri va unumli foydalanishlarini aytib o‘tdi.
Tadbirda sahna ko‘rinishlar, adabiy she’rlardan parchalar, ashula va raqslar namoyish qilindi.
Kecha Samarqand shahar Amir Temur madaniyat va aholi dam olish markazi ko‘magida tashkil etildi.
Ochil Jumanazarov,
Samarqand shahar Amir Temur madaniyat
va aholi dam olish markazi direktori
Fotosuratlar: A. Ivanov
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Samarqand shahar Amir Temur madaniyat
va aholi dam olish markazi direktori
Fotosuratlar: A. Ivanov
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing