
Davlat statistika qo‘mitasi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.
18 yanvar holatiga ko‘ra:
- suyakli mol go‘shti (1 kg) 49 500 – 80 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti (1 kg) 54 000 – 91 000 so‘m;
- kartoshka (1 kg) 3500 – 7000 so‘m;
- piyoz (1 kg) 3500 – 10 000 so‘m;
- sabzi (1 kg) 2500 – 5 500 so‘m;
- tuxum (10 dona) 11 000 – 18 000 so‘m;
- guruch (1 kg) 6500 – 28 000 so‘m;
- o‘simlik yog‘i (1l) 16 000 – 30 000 so‘m;
- shakar (1 kg) 11 000 – 14 000 so‘m.
O‘tgan haftadagi narxlar bilan solishtirganda, kartoshka, piyoz va sabzi narxlarida o‘sish kuzatilgan.
Yuqorida kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilgan bo‘lib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan (supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan).
Oziq-ovqat MahsulotlariBozor NarxlariKartoshka NarxiPiyoz NarxiSabzi NarxiDavlat Statistika Qo‘mitasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar