21:59 / 21.01.2023
236

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoga tabrik yo‘lladi
Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga tabrik yo‘lladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qutlovda birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Belarus hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib, aniq amaliy mazmun bilan boyigani ta’kidlangan.

Davlat rahbari O‘zbekiston va Belarus sherikligini mamlakatlar va xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida yanada mustahkamlash borasidagi intilish qat’iy ekanini qayd etib, prezident Aleksandr Lukashenkoga mustahkam sog‘liq, farovonlik va davlat ishlarida muvaffaqiyatlar, Belarus xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat