
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
10-24 yanvar kunlari Energetika vazirligi ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ayrim tadbirkorlik subyektlari va iste’molchilar tomonidan 300 ta holatda 4,5 mln kVt-soat miqdordagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Xususan, Surxondaryo viloyatidagi «Mashhura Tort Angor», Andijon viloyatidagi «Oq yor sauna» hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «Sake bumer» kabi maishiy xizmat ko‘rsatuvchi bir qator korxonalar elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Oqibatda energetika tizimiga jami 2,1 mlrd so‘m miqdorida zarar keltirilgan. Bunday hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 22 ming 500 ta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan iste’molchilar tarmoqdan ajratilib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.