
Buxoro davlat universitetiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 1500 dollar olgan shaxs ushlandi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘ijduvon tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro D.S. boshqa bir fuqaro N.H.ning o‘g‘lini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Buxoro davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Buxoro Davlat UniversitetiO‘qishga KiritishFiribgarlikPora BerishDXXIIB O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar