15:13 / 27.01.2023
195

Sadir Japarov: Mamlakatlarimiz o‘rtasida siyosiy qarama-qarshiliklar yo‘q

Sadir Japarov: Mamlakatlarimiz o‘rtasida siyosiy qarama-qarshiliklar yo‘q
Foto: Prezident matbuot xizmati
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan tor doiradagi muzokaralar chog‘ida bugun qirg‘iz-o‘zbek chegarasini delimitatsiya qilish yakunlanayotganini aytib, bunda O‘zbekiston rahbarining beqiyos hissasini e’tirof etdi.

«Qirg‘iziston qardosh O‘zbekiston bilan yaxshi qo‘shnichilik ruhidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. Biz uchun O‘zbekiston haqiqiy do‘st va ishonchli strategik sherikdir. An’anaga ko‘ra, uchrashuv ochiq va do‘stona ruhda o‘tadi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida siyosiy qarama-qarshiliklar yo‘q.

Ikki mamlakat o‘rtasida parlamentlararo aloqalar izchil rivojlanib, ular davlatlararo munosabatlarda muhim o‘rin tutadi.

Bugun biz qirg‘iz-o‘zbek chegarasini delimitatsiya qilishni yakunlayapmiz. Bu haqiqatan ham tarixiy voqea. Biz muloqotga va o‘zaro maqbul yechimlarni izlashga tayyorligimizni namoyish etdik. Ishonchim komilki, chegaralar masalasiga chek qo‘yib, biz kelajak avlodlarimiz kamolotiga mustahkam poydevor qo‘yamiz.

Muhtaram Shavkat Miromonovich, qirg‘iz-o‘zbek chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha muhim masalalarni hal etishda sizning beqiyos hissangiz borligini qayd etmoqchiman.

Davlat tashrifi doirasida shartnomani ratifikatsiya yorliqlarini almashish orqali bunday muhim voqea ta’minlanishi alohida e’tiborga molik. Shuningdek, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolaymiz va shu orqali munosabatlarimizni misli ko‘rilmagan darajaga olib chiqamiz
», degan Sadir Japarov.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat