11:56 / 16.02.2023
1 170

Respublikamizning faqat bir viloyatida qizlar ko‘p tug‘ilmoqda

Respublikamizning faqat bir viloyatida qizlar ko‘p tug‘ilmoqda
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar oyida respublikamiz hududlarida tug‘ilgan chaqaloqlar sonida faqatgina Xorazm viloyatida o‘g‘il bolalarga nisbatan qiz chaqaloqlar soni ko‘p.

Yanvarda Xorazm viloyatida 1 775 nafar qiz chaqaloqlar tug‘ilgan. Bu hududdagi jami tirik tug‘ilishlarning 50,6 foizni tashkil etgan. Viloyatda 49,4 foizo‘g‘il bolalar tug‘ilgan.

Yanvar oyida qolgan barcha hududlarda umumiy tirik tug‘ilishlar sonida qiz bolalarga nisbatan o‘g‘il bolalar soni ko‘p.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston aholisi 2023 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 36 024 946 kishini tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat