20:06 / 22.02.2023
166

Gulistonda hokimlik zaxirasidagi yerni 200 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi

Gulistonda hokimlik zaxirasidagi yerni 200 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati

Sirdaryo viloyati Guliston tumanida hokimlik zaxirasidagi yerni 200 mn so‘mga sotmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIVning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqaro S.X. Guliston tumani, “Chortoq” MFY hududida joylashgan tuman hokimligi zaxirasidagi 50 sotix yer maydonini fuqaro A.N.ga firibgarlik yo‘li bilan 200 million so‘mga sotishga kelishgan. Ushbu yer maydoni hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan 10 000 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat