Foto: Uzbekistan Airports
«Toshkent» xalqaro aeroportining uchib kelish terminali oldida kutib oluvchilar uchun hudud qurilishi boshlandi.
Rejalashtirilgan ikkita kutish joyidan birinchisi mavjud shiypon o‘rnida quriladi. Qurilish ishlari mart oyi oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.
Qurilish ishlari munosabati bilan terminal oldidagi to‘siqdan yashil hududgacha bo‘lgan hudud banner bilan o‘rab qo‘yilgan. Yo‘lovchilarning shaharga chiqishi vaqtincha P2 avtoturargohi orqali (ketish va kelish terminallari o‘rtasida) amalga oshiriladi.
ToshkentXalqaro AeroportQurilish IshlariKutish JoyiYashil HududYo‘lovchilar Transporti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar