19:18 / 25.02.2023
1 198

Internetda Qo‘rg‘ontepa tuman MTB boshlig‘ining beodob harakatlari aks etgan video tarqaldi

Internetda Qo‘rg‘ontepa tuman MTB boshlig‘ining beodob harakatlari aks etgan video tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘rg‘ontepa tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbari Azizbek Yakubovning xizmat xonasida oyoqlarini stol ustiga chiqarib o‘tirgani aks etgan video tarqaldi.

Videoda bo‘lim boshlig‘i “Sardorbek, otangizga rahmat uka”, deydi. Uning oldidagi noma’lum kimsa esa Sardor ismli shaxsdan pulni olib kelib berishini so‘raydi va 5-bog‘cha mudirasi bilan internetga chiqib ketib qolishi mumkinligini bildiradi.

Andijon viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi axborot xizmati xodimi Abdunosir Vohidovning ma’lum qilishicha, mazkur holatni boshqarma tomonidan tuzilgan ishchi guruh o‘rgangan.

O‘rganish davomida Yakubov savollarga javob berish o‘rniga boshqarma boshlig‘i nomiga lavozimidan ozod etishini so‘rab ariza yozgan. Shundan so‘ng o‘zining arizasiga asosan lavozimidan ozod qilingan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Internetda Qo‘rg‘ontepa tuman MTB boshlig‘ining beodob harakatlari aks etgan video tarqaldi