14:18 / 27.02.2023
328

«O‘zavtoyo‘lbelgi» korxonasi faoliyatida korrupsion sistema fosh bo‘ldi

«O‘zavtoyo‘lbelgi» korxonasi faoliyatida korrupsion sistema fosh bo‘ldi

«O‘zavtoyo‘lbelgi» korxonasi faoliyatida korrupsion sistema fosh bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, huquq-tartibot idoralari tomonidan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi «O‘zavtoyo‘lbelgi» davlat unitar korxonasi faoliyatida noqonuniy holatlar aniqlangan.

«Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga muvofiq, «O‘zavtoyo‘lbelgi»ga istisno tariqasida mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan eng yaxshi taklif orqali mahsulotlarni sotib olish to‘g‘risidagi shartnomalarni tanlov savdolarini o‘tkazmasdan tuzishga ruxsat berilgan.

DUK mansabdor shaxslari 2021-2022 yillarda o‘zlariga tanish bo‘lgan 5 ta mahalliy MCHJ bilan jami 9 mlrd 193 mln so‘mlik 21 ta shartnoma tuzib, ulardan yo‘l belgilarini yasash va chizishda foydalaniladigan mahsulotlarni erkin bozor narxlaridan qimmat narxlarda xarid qilib, 2 mlrd 701 mln so‘m miqdoridagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilishgan.

Holat yuzasidan «O‘zavtoyo‘lbelgi» DUK va 5 ta MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat