O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasida “Farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi” deya belgilab qo‘yilgan.
Byuroning Tuproqqal’a tumani bo‘limiga fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 27.02.2023 yildagi 2020 yilda tug‘ilgan Mushtariyxonni javobgar P.Qalandarovdan onasi M.Raximboyeva qaramog‘iga olib berish bo‘yicha ijro hujjati kelib tushgan.
Bo‘lim xodimlari tomonidan ushbu sudning qarorini ta’minlash maqsadida olib borgan ijro harakatlari natijasida 28.02.2023 yilda Mushtariyxon onasi M.Raximboyeva tarbiyasiga olib berildi.
Farzandini qayta bag‘riga bosgan onaning endi ko‘ngli to‘q.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar