Joriy yilning 2 mart kuni Mening Yurtim telekanalining Markaziy Studiya ko‘rsatuvida “Bozordagi "o‘yinlar".Ta’minlanmayotgan ijro!” nomli tanqidiy lavha namoyish etildi.
Aniqlanishicha, Majburiy ijro byurosi Zangiota tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha apellyatsiyasi sudlov hay’atining ijro varaqasiga asosan qarzdor “Ilm shu’lasi kanselariya mollari Savdo kompleksi” MCHJ undiruvchi N.Abdullayevga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan Toshkent viloyat Zangiota tumani, Erkin qishlog‘i, “Tariq Teshar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan yer maydonidan ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Ijro xarakatlari davomida qarzdor “Ilm shul’asi kanselariya mollari Savdo kompleksi” MCHJ mansabdor shasxlari tomonidan qaror ijrosini yuzasidan davlat ijrochisining xati xarakatlariga xar xil baxona va o‘rinsiz xarakatlar bilan tusqinlik qilish bilan bir qatorda sud qarori ijrosini bajarmagan.
Qarzdor “Ilm shu’lasi kanselariya mollari Savdo kompleksi” MCHJ tomonidan 10.09.2022 yidagi davlat ijrochisining qarorini bekor qilish tug‘risidagi qaror yuzasidan 01.11.2002 yilda Nurafshon tumanlararo ma’muriy, davlat ijrochisining qarorini bekor qilish xaqidagi qarori xaqiqiy emas deb topilgan.
17.01.2023 yida “davlat ijrochisining qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi” qarori yuzasidan Toshkent viloyati ma’muriy sudi ayellyatsiya instansiyasining 23.02.2023 yildagi qaroriga asosan, 17.01.2023 yildagi qaror o‘zgarishsiz qoldirilgan.
“Ilm shu’lasi kanselariya mollari Savdo kompleksi” MCHJ mansabdor shasxlari tomonidan qaror ijrosini yuzasidan davlat ijrochisining xati xarakatlariga xar xil baxona va o‘rinsiz xarakatlar bilan tusqinlik qilish bilan bir qatorda sud qarori ijrosini bajarmaganligi sababli jamiyat raxbari A.Raxmatullayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK.ning 198-1-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Hozirgi kunda mazkur ijro xujjati yuzasidan ijro harakatlari davom ettirilmoqda.