17:47 / 20.03.2023
111

Hind kompaniyasi Toshkentda tibbiyot shaharchasi barpo etadi

Hind kompaniyasi Toshkentda tibbiyot shaharchasi barpo etadi
Foto: AP
Hindistonning Aakash Healthcare kompaniyasi Toshkentda zamonaviy tibbiyot shaharchasi barpo etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar berdi «Dunyo».
 
Kompaniyaning boshqaruvchi direktori doktor Aashish Chaudri Livemint.com yangiliklar portaliga mazkur tibbiyot tarmog‘ining yaqin kelajakdagi rejalari haqida so‘zlab berdi.
 
«Biz O‘zbekiston vakillari bilan Anglashuv memorandumini imzoladik. O‘ta zamonaviy infratuzilma, tibbiy asbob-uskunalar, malakali shifokor va tibbiyot xodimlariga ega zamonaviy shifoxona qurish uchun bizga 10 gektar yer ajratiladi», - degan u suhbat chog‘ida.
 
Hindistonlik shifokorlar yangi Aakash Health Medicity shaharchasida, shuningdek, tibbiyot kollejlari, xususan, hamshiralar tayyorlaydigan o‘quv muassasasini joylashtirishni rejalashtirmoqda.
 
«Dehli shahrida joylashgan Aakash Healthcare shifoxonasi zamonaviy infratuzilma va eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan, bu yerda malakali shifokorlar va boshqa tibbiyot xodimlari faoliyat yuritadi, -  deyiladi maqolada. - Ushbu tibbiyot muassasasi ortopedik va bo‘g‘imlarni almashtirish jarrohligi sohasidagi yetakchi xizmatlari bilan nom qozongan. Shuningdek, kardiologiya va yurak jarrohligi, ona va bola, umumiy va minimal foydalanish jarrohligi, oftalmologiya, nevrologiya, neyroxirurgiya, buyrak tadqiqotlari va boshqa yo‘nalishlarda ilg‘or tajriba markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan».
 
Intervyuda ta’kidlanishicha, o‘tgan yil noyabr oyida Toshkentning Uchtepa tumanida mazkur tibbiyot tarmog‘ining umumiy qiymati 10 million dollarlik bo‘lgan ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasi tashkil etilgan edi. «Yangi loyihaga 100 million dollar sarmoya jalb etilishi, 3 mingga yaqin ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda», deb yozadi  Hindiston OAV.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hind kompaniyasi Toshkentda tibbiyot shaharchasi barpo etadi