Xorazmlik yoshlarga 32 xonadonli "Kamolot" uyi berildi

Xorazm viloyatining Urganch shahrida yosh oilalar uchun qurilgan “Kamolot” uyi foydalanishga topshirildi, deb yozmoqda "Uz24" nashri.
Urganch shahrining “Yoshlik” massivida 32 xonadondan iborat yangi uy “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tavsiyasiga ko‘ra, faol yosh oilalarga imtiyozli kredit asosida berildi.
Bu erda mahalla guzari, ta’lim muassasalari, sportning 17 turi bo‘yicha muntazam shug‘ullanish imkoniyati mavjud ochiq va yopiq manejlar, bolalar maydonchalari yangidan barpo etildi.
Shu paytga qadar viloyatning Xiva, Xonqa va Gurlan tumanlarida 192 xonadonli 3 ta “Kamolot” uyi yosh oilalarga topshirildi. Ayni paytda Urganch shahri, Xonqa va Urganch tumanlarida bunday uylar qurilishi davom ettirilmoqda.
Ta’kidlash joiz, mazkur uylar Prezidentimizning 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida berilmoqda. “Kamolot” uylari boshlang‘ich badalsiz, 20 yil muddatga, jumladan, 5 yillik imtiyozli davr belgilangan holda berilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing