13:53 / 02.04.2023
235

Toshkentda maxsus pult orqali avtomobillardan pul o‘g‘irlayotgan guruh ushlandi

Toshkentda maxsus pult orqali avtomobillardan pul o‘g‘irlayotgan guruh ushlandi
Toshkentda 2000 AQSH dollariga sotib olingan maxsus masofaviy skaner yordamida avtomobil eshigini ochib, o‘g‘irlik qilayotgan huquqbuzarlar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, joriy yilning 2 mart kuni tunda jinoiy guruh Chilonzor tumanida maxsus pult orqali «Lacetti» rusumli  avtomobili eshigini ochib, avtomobil salonidan 307 million so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan.
Jinoiy guruh o‘zining navbatdagi o‘g‘irlik paytida qo‘lga olingan. Ular uch kishi bo‘lib, maxsus yasalgan pult yordamida avtomobillarning eshigini bemalol ochib, yopa olgan.
 
Ma’lum qilinishicha, ushbu qurilma Qozog‘istondan olib kelingan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat