12:43 / 10.04.2023
324

Uzunda «GAI» xodimi haydovchidan 800 AQSH dollari talab qildi

Uzunda «GAI» xodimi haydovchidan 800 AQSH dollari talab qildi
Illustrativ foto.
Surxondaryoning Uzun tumanida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati inspektori qo‘lga tushgani aytilmoqda. Ayni ma’lumotni Xabar.uzning viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlaridagi manbalari tasdiqladi.
 
Voqelikka ko‘ra, inspektor Sh.A. (1984 y.t.) «Jentra»sining oynalarini maxsus ruxsatnomasiz qoraytirib olgan haydovchidan holat bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirmaslik evaziga 800 AQSH dollar talab qiladi.
 
U yog‘ini tasavvur qilayotgan bo‘lsangiz kerak: inspektor talab qilgan pulni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinadi.
 
Ayni paytda unga nisbatan pora olish (JK, 210-modda) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat