![Andijonda hokim o‘rinbosari qo‘lga tushdi](/uploads/posts/2023-04/1681113966_920__95_746808202.jpg)
Andijon viloyati Izboskan tumani hokimining investitsiya, sanoat va savdo yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari himoya hududidagi yer maydonini amaldagi tartibni buzgan holda sotib olib berish evaziga pora olgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izboskan tumani hokimining investitsiya, sanoat va savdo yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari A.K. Katta Farg‘ona kanali himoya hududidan 0,08 ga yer maydonini E-auksion'dagi savdolarni yopiq shaklda o‘tkazgan holda sotib olib berishda yordam berishini aytib, evaziga pul talab qilgan. U 7 aprel kuni talab qilingan pullardan 500 dollarini xizmat xonasida olayotganida qo‘lga tushgan.
A.K. 2022 yilning oktyabr oyidan buyon tuman hokimi o‘rinbosari — tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar