O‘zbekiston xalq artisti Malika Ahmedova uyidan 600 000 dollarga teng qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlangani haqida murojaat qilgan edi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 11 aprel kuni Malika Ahmedova Mirzo-Ulug‘bek tumani prokurori Aliakbar Po‘latovning qabuliga taklif qilingan va uning tergov bilan bog‘liq e’tiroz, vajlari tinglangan.
«Qabul davomida M.Ahmedovaga tuman prokuraturasiga taqdim qilingan jinoyat ishi tegishli tartibda o‘rganib chiqilganligi va tergov organiga ish bo‘yicha qo‘shimcha tergov harakatlarini o‘tkazish haqida yozma ko‘rsatma berilganligi tushuntirildi», deyiladi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, 8 aprel kuni jinoyat ishi ayblov xulosasini tasdiqlash va sudga yuborish uchun tuman prokuraturasiga taqdim qilingan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar