
Ramazon hayiti munosabati bilan barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishi mumkin. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar dam olish kunlari:
- 22 aprel — shanba;
- 23 aprel — yakshanba;
- 24 aprel — dushanba (ko‘chirilgan dam olish).
Ya’ni, 5 kun ishlovchilar uchun dushanba kuni dam, 29 aprel — shanba esa ish kuni bo‘ladi.
Agar 22 aprel — shanba O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolari xulosasi asosida O‘zbekistonda Ramazon hayitining 1-kuni sifatida belgilansa, 21 aprel — juma kuni kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar