00:25 / 20.04.2023
123

Oliy sudda sovet davrida qatag‘on qilingan yana 208 nafar shaxs oqlandi

Oliy sudda sovet davrida qatag‘on qilingan yana 208 nafar shaxs oqlandi
Oliy sudga yana 208 nafar shaxsga oid 3 ta jinoyat ishi kelib tushib, ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.
 
Xabarga ko‘ra, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan jami 3 ta jinoyat ishi bo‘yicha 208 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining oqlov hukmi chiqarildi.
 
Shu asnoda adolat qaror topdi, yillar mobaynida yuzaga chiqmay kelgan haqiqat tantana qildi. Mustaqillik yo‘lida fidokorona kurash olib borgan, hatto o‘z jonini fido qilgan qatag‘on qurbonlarining pok nomlari xalqimiz qalbida mangu yashaydi”, — deyiladi Oliy sud xabarida.
 
Qayd etilishicha, ishchi guruhning faoliyati, sa’y-harakati tufayli so‘nggi yillarda sovet davrida qatag‘on qilingan 408 nafar o‘zbekistonlik reabilitatsiya qilinib, oqlandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat