
Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi maktabda ikki ayol o‘qituvchi erkak hamkasbi tomonidan kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. Jabrlanuvchi ayol voqea sabablari haqida gapirib berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqeadan bir kun avval shu maktabda ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda ota-onalarning biri tomonidan o‘qituvchilarning ma’naviy buzuqligi haqida so‘z borgan. Isbot tariqasida o‘zida video borligini ham aytgan. Shundan so‘ng ayol o‘qituvchilar yig‘ilib direktorga aytish maqsadida majlis qilgan. Ota-onalar tomonidan aytilgan videoni o‘ziga tegishli deb tushungan erkak o‘qituvchi kelib majlisga aralashgan va shu orada janjal sodir bo‘lgan.
“Ayollar yig‘ilishi bo‘lyapti, dedim. Keyin menga birdan qarab, sensirab, “Sening nima ishing bor, men o‘zim bilaman”, dedi-da, shahd bilan ustimga keldi. Uni uradi, deb kutmagandim. Tizzasi bilan biqinimga tepdi, keyin sherigim joyidan turib, gapirmasligimni iltimos qildi. U esa bizni tinimsiz so‘kdi. Tinimsiz so‘kkani sababli men yana gapirdim”, — deydi jabrlanuvchi ayol.
Mazkur ayol davolanayotgan shifoxona xodimining so‘zlariga ko‘ra, hozirda uning ahvoli stabil holatda.
“Bemor bizga bosh og‘rig‘i, ko‘krak qafasi o‘ng taraf biqin sohasidagi og‘riqdan shikoyat qilib kelgan. Hozirgi kunda barcha tekshiruvlarni o‘tkazganmiz. Uning ahvoli hozirda stabil”, — deydi shifokor.
Holat 2023 yil 14 aprel kuni soat 12:00 larda Uzun tumanidagi 31-sonli o‘rta ta’lim maktabining direktor xonasida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda sodir bo‘lgan edi. 34 yoshli erkak o‘qituvchi ikki nafar ayol hamkasbi bilan janjallashib, ularga tan jarohati yetkazgan. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ushbu holatga munosabat bildirib, holat vazirlik nazoratida ekanini aytgan edi.
Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan 18 aprel kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Surxondaryo ViloyatiUzun TumaniO‘qituvchi AyolJinoyat KodeksiDavolanish HolatiHolat Yuzasidan O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar