Navoiyda eri tomonidan kaltaklangan ayol shifoxonaga yotqizildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan mutasaddi idoralar rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, 3 iyul kuni Navoiy viloyati Karmana tumanining "Yangi hayot" mahallasida oilaviy zo‘ravonlik holati sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro K.M. turmush o‘rtog‘i tomonidan jismoniy zo‘ravonlikka uchragan.
Hozirda jabrlangan ayol tuman tibbiyot birlashmasining birlamchi tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlar uning sog‘lig‘i ustidan nazorat olib bormoqda, shuningdek, unga psixologik va zarur tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani ma’lum qilingan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan. Voqeaning barcha tafsilotlariga huquqiy baho berish bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.































Izohlar 0
…