![Baxtiyor Saidov tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi](/uploads/posts/2023-04/31297676_001280721_1920x0_80_0_0_6b8fd96f358ce974df9d8e11a5128af6_jpg.webp)
Baxtiyor Saidov tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Baxtiyor Odilovich Saidov O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Bundan ilgariroq Baxtiyor Saidovning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Baxtiyor Saidov 1981 yilda tug‘ilgan. Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi. Ilgari Vazirlar Mahkamasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ishlagan.
2017 yil iyulidan O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi. 2018 yil aprel oyida u bir vaqtning o‘zida Mo‘g‘ulistondagi elchi, 2019 yil iyul oyida qarorgohi Pekinda bo‘lgan Filippindagi elchisi lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Saidov 2022 yilning 30 dekabrida xalq ta’limi vaziri lavozimidan ozod etilib, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar