13:36 / 02.05.2023
174

Nepallik fuqarolarni 124,5 ming dollarga chuv tushirgan ayol ushlandi

Nepallik fuqarolarni 124,5 ming dollarga chuv tushirgan ayol ushlandi
Buxoro shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan ayol bir guruh shaxslar bilan til biriktirib, oldindan tuzilgan reja asosida Nepal davlatining 42 nafar fuqarosini O‘zbekistonga chaqirib, ularga viza olib berish va Yevropa davlatlariga jo‘natish va’dasini bergan.
 
Buxoro viloyati IIB xabariga ko‘ra, ayol ulardan 124,5 ming dollar mablag‘ni aldov yo‘li bilan olgan. Va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
 
Holat yuzasidan ayol boshchiligidagi jinoiy guruhga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nepallik fuqarolarni 124,5 ming dollarga chuv tushirgan ayol ushlandi