15:40 / 02.05.2023
125

“Surxon” qo‘riqxonasidan Buxoro tog‘ qo‘yining bolasini olib ketgan brakonerlar ushlandi

“Surxon” qo‘riqxonasidan Buxoro tog‘ qo‘yining bolasini olib ketgan brakonerlar ushlandi
Foto: Tabiat resurslari vazirligi
“Surxon” davlat qo‘riqxonasidan Buxoro tog‘ qo‘yining bolasini noqonuniy olib ketishga uringan ikki erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi ma’lum qildi.
 
Qo‘lga olingan shaxslar Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani “Xo‘jamahmud” mahallasida istiqomat qiluvchi A.J. va “Chuchuqquduq” mahallasida yashovchi fuqaro G‘.J. ekani ma’lum bo‘lgan. Buxoro tog‘ qo‘yi O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan.
 
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, bir bosh Buxoro tog‘ qo‘yi bolasi huquqbuzarlardan olib qo‘yilgan. Huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 82-moddasi (muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish) 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Foto: Tabiat resurslari vazirligi
Qonuniy to‘xtamga kelgunga qadar Buxoro tog‘ qo‘yining bolasi veterinariya nazoratida qo‘riqxonada saqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.
 
Aniqlangan holat yuzasidan birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Surxon” qo‘riqxonasidan Buxoro tog‘ qo‘yining bolasini olib ketgan brakonerlar ushlandi