
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 30.07.2022 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor aksiyadorlik jamiyati hisobidan “Elektrqishloqqurilish” AJ foydasiga jami 12 mlrd. 767 mln. 031 ming so‘m asosiy qarz hamda 800 mln. so‘m penya undirilishi belgilangan.
Sudning mazkur hujjati Byuroning Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qonunda belgilangan tartibda ijro harakatlari olib borilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor tashkilotga tegishli “Equinox”dan tortib “Tico”gacha turli rusumdagi 34 ta transport vositalari ro‘yxatga olinib, xatlab qo‘yilgan.
Natijada, qarzdor jamiyatdan 12 mlrd. 767 mln. 031 ming so‘m miqdordagi qarzdorlik undirilishi ta’minlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar